Alisher Fayz (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan. — 1994-2001 yillar davomida “Glier” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo’yicha taxsil olgan. — Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo’lgan qiziqish Alisherni bo’lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan. — 2001-2005 yillarda O’zbekiston Davlat konservatoriyasida o’qish bilan bir qatorda ustozi ko’magida mustaqil ijod qila boshladi. — Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o’zining “Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan. — 2007-yilda “Ko’ngil istab…” nomli ilk qo’shiqlar to’plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi. — 2008-yil 21-22 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Umidim sendan…” nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo’ldi. — 2009-yilda “Nigohingga ol”, 2010-yilda “Senga talpinib”, 2011-yilda “Yaxshiyam siz bor”, 2012-yilda “Sening bolangman!” nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi. — Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O’g’li Xolidbek va qizi Zinnuraxon. — “Hayot – kichkina ko’rpachaga o’xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi…” deydi hayot to’g’risida. — 2012 yil 27 avgust kuni Alisher FAYZ O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi.
Xonandalikdan tashqari iste’dodi: she’r yozadi, bastakor; Xobbisi: futbol to’plarini yig’ish; Yoqtirgan taomi: palovxonto’ra; Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ajniqsa, oq va qizi; Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo’li bilan oyog’ini urib turadi; Shiori: “Ish boshqa, hayot boshqa”.